Amerikalik senatorlar prezident Jo Baydenni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirdi

Foto: Reuters
Bir qator amerikalik senatorlar AQSH prezidenti Jo Baydenni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar va uzoq masofaga uchuvchi raketalar yetkazib berishga chaqirdi.
AQSH senatorlarining ikki partiyali guruhi payshanba kuni Jo Bayden maʼmuriyatini ukrainalik uchuvchilarni zamonaviy qiruvchi samolyotlardan foydalanishga oʻrgatish va uzoq masofali raketalarni Kiyevga oʻtkazishni boshlashga chaqirdi.
Bu chaqiriq qonunchilar Lindsi Grem va Richard Blyumental tomonidan yillik xalqaro xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish uchun Myunxenga safari oldidan matbuot anjumanida qilingan.
«Ukrainaga kerak boʻlgan navbatdagi narsa — qiruvchi samolyotlar. Harbiy havo kuchlarisiz umumiy qurolli operatsiyalarni oʻtkaza olmaysiz. MiG-29 samolyoti eskirgan», - deydi Grem.
“Biz Bayden maʼmuriyati va barcha ittifoqchilarimizni Ukraina uchun ilgʻor qiruvchi samolyotlardan foydalanishni oʻrganish jarayonini hozirdan boshlashga chaqiramiz”, deya qoʻshimcha qildi kongressmen.
Bu pozitsiya Blyumental tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. U yaqin orada Ukraina 300 kilometrgacha masofaga uchadigan ATACMS raketa tizimlarini olishiga umid bildirdi.
Oʻz navbatida, Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun NATO davlatlariga nota yubordi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol boʻlgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini taʼkidladi. Uning ogohlantirishicha, Gʻarb Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurollarni koʻpaytirar ekan, maxsus operatsiyaning geografik maqsadlari hozirgi chiziqdan tobora uzoqlashib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring