“Amerika orzusi”ni pullamoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

23:11 26 Mart 2025 Jamiyat
296 0

Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida AQSH davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Shirin shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning tanishini 38 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 52 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa bir holatda, Departamentning Navoiy shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?