Krishtianu Ronalduning 12 yillik rekordi bugun yangilanishi mumkin
Kilian Mbappe “Real Madrid” safida bir kalendar yil ichida eng koʻp gol kiritgan futbolchiga aylanish arafasida turibdi. Bu haqda “PlanetFootball” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, “qaymoqranglilar”ning afsonaviy hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2013-yilda Real Madrid safida 59 ta gol urgan va bu koʻrsatkich klub tarixida bir yilda qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi.
Ayni paytda esa “qirollik klubi” hujumchisi Kilian Mbappe 2025-yil davomida 58 ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi. 21-dekabr kuni “Real Madrid” 2025-yildagi soʻnggi rasmiy uchrashuvini oʻtkazadi. Unda jamoaga Sevilya raqib boʻladi.
Agar ushbu bahsda Mbappe bir marta gol ursa, u Krishtianu Ronalduning 12 yil davomida saqlanib kelayotgan natijasini takrorlaydi. Agar ikki bor raqib darvozasini ishgʻol etsa, “Real Madrid” tarixida bir yil ichida eng koʻp gol kiritgan futbolchi sifatida yangi rekord oʻrnatadi.
Futbol muxlislari va mutaxassislar bu uchrashuvni katta qiziqish bilan kutmoqda. Chunki bu oʻyin nafaqat turnir jihatidan, balki klub tarixida yangi sahifa ochilishi mumkinligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring