Alisher Usmonovga tegishli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi

18:46 03 Dekabr 2019 Jamiyat
1461 0

Bort raqami M-IABU boʻlgan Airbus 340 samolyoti I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba“ telegramm kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu samolyot asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik milliarder, USM Holdings kompaniyasi asoschisi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonovga tegishlidir.

Manbada samolyot Myunxendagi Frans-Yozef Shtraus nomidagi aeroportdan uchib kelgani aytilgan.

Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov RFning eng boy biznesmenlari, dunyoning eng nufuzli shaxslaridan biridir. Uning boyligi 12,6 mlrd. dollar deya baholanadi va Rossiyadagi eng boy insonlar reytingida 10, dunyoda esa 118-oʻrinda turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер