Alisher Navoiy haqida film suratga olinmoqda
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda “SPECTRE” studiyasi tomonidan “Alisher Navoiy” tarixiy-hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, prodyuser Davronxoʻja Abdugʻaniyev.
“Alisher Navoiy” tarixiy hujjatli filmi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan mutafakkir shaxsi va asarlariga yangicha yondashuv asosida ishlanmoqda. Mazkur film “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Filmda tarixiy badiiy rekonstruksiya, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, navoiyshunos olimlar bilan intervyulardan foydalaniladi. Suratga olish ishlari Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
2020-yil yosh rejissyor Shohrux Rasulovning Adiblar xiyoboni haqidagi “Xalq yuragi” hujjatli filmining yurtimiz telekanallaridagi namoyishi boʻlib oʻtgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring