Ayrim tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

10:55 10 Noyabr 2025 Jamiyat
255 0

“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 09.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga oʻtkaziladi.

Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini taʼminlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yoʻlga qoʻyiladi.

2026-yil 1-yanvardan davlat tibbiyot muassasalarida:

  • tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini joriy qilgan va uning ijobiy samarasiga erishgan tuman (shahar) tibbiyot muassasalari shifokorlariga BHMning 50 baravari miqdorida 1-martalik pul mukofoti beriladi;
  • kamida 15-yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha yillik kontrakt summasining 30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi;
  • har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ish stajiga ega boʻlgan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining 25 foizi qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?