Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda
 
                Joriy yilning 29-oktyabr kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirishga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, aholini sifati va xavfsizligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashga hamda xorijdagi vatandoshlarimizni ragʻbatlantirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks, Yer kodeksi hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Xususan, Yer kodeksiga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarni toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunda fermer xoʻjaligi rahbari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmaydigan ishga qabul qilingan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini oʻz oila aʼzolaridan biriga berishi mumkinligi belgilanmoqda.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga “Vatandosh” kartasi egalarining oila aʼzolari uchun amaldagi viza muddatini koʻp martalik viza etib uzaytirganlik uchun hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun, shuningdek turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlik muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksida hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda tovarlar va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga yoki realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, yoxud toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar hamda jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Qonun qabul qilinishi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga zamin yaratadi.
Shuningdek, aholi salomatligini ishonchli himoya qilish, dori vositalarini realizatsiya qilish talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring