Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
2025/2026-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand qatlamni qoʻllab-quvvatlash maqsadida noyabr oyida ayrim toifadagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, yordam pullari ijtimoiy yordam reyestriga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” xulosasi asosida yordamga muhtoj deb topilgan oilalarga ajratiladi. Bunda boquvchisini yoʻqotganlar va nogiron aʼzosi bor oilalar, nogiron farzandni parvarishlayotganlar yoki uzoq davolanishga muhtojlar ham koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, yolgʻiz keksalar, 3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlar, gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchilar ham moddiy yordam olishi mumkin.
Taʼkidlash joiz, qoʻshimcha tuziladigan roʻyxatdagi oilalar soni reyestrga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring