Agrotexnika tadbirlarini vaqtida oʻtkazmagan fermer xoʻjaliklari ogohlantirilmoqda
Sirdaryolik koʻpni koʻrgan, tajribali dehqonlar 2022-yilda gʻalladan gektariga 60-70 sentnerdan oshirib hosil yetishtirish uchun astoydil xarakat qilishmoqda. Shu maqsadda dastavval yerni “Toʻydirish”ga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bunda, gʻalla ekinlarini mineral va mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muhim ahamiyatga ega.
Sirdaryoda 2022-yil hosili uchun 80 ming gektar yer maydoniga ekilgan boshoqli don ekinlari uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Gʻalla parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlar rejasiga koʻra jami 400 ming tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, har 5 gektarga 1 tadan jami 16 ming ta hosil xandaqlari qazish rejalashtirilgan.
Gʻalla parvarishida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi samarasi oʻlaroq, bugungi kunda mavsum boshidan viloyatda jami 227 ming 504 tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarilib, 13 ming 87 ta hosil xandaqlari qazildi. 27 ming 748 gektar azotli oʻgʻitlar bilan va 7 ming 241 gektar gʻalla maydoni gʻalla bargidan oziqlantirildi.
Gʻalla parvarishida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman boʻlimlari tomonidan jiddiy nazorat oʻrnatilgan.
“Oʻzagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati xabariga koʻra, ayni shu maqsadda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida gʻalla parvarishida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida olib bormagan dehqon fermer xoʻjaliklariga 413 ta taʼsir choralari qoʻllanildi. Shundan 374 ta koʻrsatma va 39 ta yozma ogohlantirishlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring