Agrar sohada iqlim oʻzgarishiga moslashuv va innovatsion yechimlar boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
Toshkent davlat agrar universiteti tashkil etilganligining 95 yilligi munosabati bilan “Global iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada Oliy Majlis Senati aʼzolari, shuningdek, xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Global iqlim oʻzgarishining qishloq xoʻjaligi sohasiga taʼsiri, resurslardan oqilona foydalanish, barqaror agroekotizimlarni shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ekologik muvozanatni saqlash masalalari muhokama qilindi.
Senatorlar oʻz chiqishlarida qishloq xoʻjaligi tarmogʻida ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, iqlim oʻzgarishiga moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarini yoʻlga qoʻyish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtishdi.
Qurgʻoqchilikka chidamli navlar seleksiyasi bilan shugʻullanish, suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, suv isteʼmolini sunʼiy intellekt orqali avtomatik nazorat qilish va qishloq xoʻjaligini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish xususida fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, iqlim oʻzgarishiga mos barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qator takliflar bildirildi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish va yosh mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik istiqbollari ham belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring