Agrar sohada davlat boshqaruvi tizimi takomillashtiriladi

Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shuningdek, sohada faoliyat olib borayotgan sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi va “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunlarga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilganligi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish yuzasidan tahririy o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi o‘zining hamda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi sub’yektlarning, issiqxona xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga berilgan arizalar, shikoyatlar va da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, agrar sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring