“Agar oʻtmishda yashasang, oldinga yurishing qiyin”. “Barselona” prezidenti Messining jamoaga qaytishini noreal deb atadi

13:34 21 Noyabr 2025 Sport
72 0

Argentinalik yulduz Lionel Messining futbolchi sifatida “Barselona”ga qaytishi haqiqatga yaqin emas. Bu haqda klub prezidenti Joan Laporta maʼlum qildi. Uning soʻzlarini mashhur insayder Fabritsio Romano keltirdi.

— Messining futbolchi sifatida qaytishi mutlaqo noreal. Hozir u “Inter Mayami” bilan shartnomaga ega. Biz klubning buguni va kelajagi uchun loyiha qurmoqdamiz. Bu murakkab jarayon va agar oʻtmishda yashasang, oldinga yurishing qiyin, — dedi Laporta.

Yaqinda Laporta “Barselona” Messiga qisqa muddatli shartnoma taklif qilishni ham rejalashtirmayotganini aytgandi.

Bundan oldin, 38 yoshli Messi hozir rekonstruksiya jarayonida boʻlgan “Kamp Nou” stadionini ziyorat qilgan va “Barselona”ga qaytish istagi borligini, ammo futbolchi sifatida emasligini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?