Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qurolli toʻqnashuvlar yuz berdi
Afgʻoniston va Pokiston chegarasida otishma yuz berdi. Hodisa Kobulga qilingan havo hujumidan keyin mintaqada keskinlik kuchaygan bir paytda sodir boʻldi.
Afgʻoniston Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Enayatulloh Xorazmiyning maʼlum qilishicha, “Tolibon” kuchlari Pokiston hududidan amalga oshirilgan takroriy havo zarbalari va chegara buzilishlariga javoban “muvaffaqiyatli qarshi hujum” oʻtkazgan. Uning soʻzlariga koʻra, amaliyot tun yarmiga qadar davom etgan va Pokiston harbiy tuzilmalariga katta zarar yetkazilgan.
Afgʻoniston bilan chegaradagi toʻqnashuvda Pokistonning kamida 15 nafar harbiysi halok boʻlgan boʻlishi mumkin.
Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqviy esa Afgʻoniston tomonini ayblab, ushbu hujumlarni “asossiz va provokatsion” deb atadi. Uning taʼkidlashicha, “afgʻon kuchlarining oddiy aholiga qarata oʻq uzishi xalqaro qonunlarni qoʻpol ravishda buzishdir”. Naqviyning aytishicha, Pokiston armiyasi “har bir toshga javoban gʻisht bilan javob bermoqda”. Radio Pokiston maʼlumotiga koʻra, toʻqnashuvlar chegaraning kamida olti nuqtasida qayd etilgan.
“Tolibon” bu hujum ortida Pokiston turibdi, deb bayonot bergan, ammo Islomobod bu ayblovni rad etdi. Shu bilan birga, Pokiston afgʻon kuchlarini mamlakat ichidagi islomiy guruh — Pokiston “Tolibonlari”ga panoh berayotganlikda ayblamoqda. Afgʻoniston hukumati bu daʼvolarni inkor etmoqda.
Mintaqadagi keskin vaziyatni yumshatish maqsadida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda Qatar va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirliklari ikki davlatni sabr-toqat va diplomatik muloqotga chaqirdi. Ular tinchlik va barqarorlikni saqlash mintaqaviy xavfsizlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring