Abxaziyada qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining ikkinchi guruhi Vatanga qaytarildi — TIV
Bu haqda Oʻzbekiston TIV Operativ shtabi axborot berdi.
"Maxsus komissiya qarori bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Transport vazirligining birgalikdagi faoliyati natijasida 2020-yilning 28-oktyabr kuni Abxaziyada qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan «Uzbekistan Airways» AJning charter reyslari bilan Vatanga qaytarildi.
Avvalroq, 9-oktyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar hamyurtlarimizdan iborat birinchi guruh Vatanga qaytarilgan edi.
Ayni paytda Oʻzbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida boʻlib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bogʻliq vaziyatni nazorat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya Federatsiyasi hududi orqali Abxaziyada qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini yurtimizga olib kelishni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi paytida fuqarolarning bir joyda toʻplanishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.
Xorijiy mamlakatlar hududidagi vatandoshlarimizdan ommaviy toʻplanmaslik, barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilish hamda oʻzlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qoʻymasliklarini yana bir bor soʻraymiz" deyiladi axborotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring