Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi

22:06 06 Mart 2025 Sport
358 0

Angliyaning “Manchester Siti” klubi fevral oyi yakunlariga koʻra, oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonlari yakunlanganini eʼlon qildi. Bu haqida klub oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qilgan.

Soʻrovnoma natijalariga koʻra, hamyurtimiz Abduqodir Husanov eng koʻp ovoz toʻplagan holda “Manchester Siti” klubi safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Qayd etish joizki, Husanov klub safidagi birinchi mavsumining ilk oyidayoq ushbu natijani qayd etgan birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi.

Shuningdek, Husanov klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida Erling Holand hamda Yoshko Gvardiol kabi yulduzli futbolchilarni ortda qoldirgan holda oy futbolchisi nomiga sazovor boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, yana bir hamyurtimiz Eldor Shomurodov “Roma” klubidagi 4 yillik faoliyati davomida ilk bor fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi.

Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida Dibala, Anxelino, Chelik va Sule kabi futbolchilarni ortda qoldirgan holda oy futbolchisi nomiga ega chiqqandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер