3 nafar olim kimyo sohasida Nobel mukofotiga sazovor boʻldi, ammo mukofotni teng boʻlishishmaydi. Nega?
Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jamper 2024-yilgi kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari boʻldi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
“Kimyo boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti oqsillarga, hayotning kimyoviy vositalariga bagʻishlangan. Devid Beyker deyarli imkonsiz ishda muvaffaqiyat qozondi — oqsillarning mutlaqo yangi turlarini yaratdi. Demis Xassabis va Jon Jamper 50-yillik muammo, yaʼni murakkab oqsil tuzilmalarini bashorat qilishni hal qilish uchun sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqdilar. Bu kashfiyotlar ulkan salohiyatga ega”, — deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, mukofot puli teng uchga boʻlinmaydi. Devid Beyker protein dizayniga qoʻshgan hissasi uchun mukofotning yarmini oldi. Mukofotning qolgan yarmini Demis Xassabis va Jon Jamper oqsil tuzilishini tavsiflagani uchun beriladi.
Boshqa sohalar kabi Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlariga ham umumiy 11 million shved kroni, taxminan 1,1 million AQSH dollarini qoʻlga kiritishgan.
Devid Beyker Vashington universiteti professori boʻlib, hisoblash biologiyasi sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. Uning innovatsion tadqiqotlari olimlarga kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan yangi oqsillarni ishlab chiqish imkonini berdi. Beykerning yutuqlari tadqiqotchilarning oqsillarni tushunish va manipulyatsiya qilish usullarini oʻzgartirdi.
Demis Xassabis va Jon Jamper ikkalasi ham sunʼiy intellekt sohasida yetakchilar. Xassabis murakkab muammolarni hal qilish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadigan “Deepmind” kompaniyasining bosh direktori, Jon Jamper esa oqsil tuzilmalarini bashorat qiluvchi inqilobiy AI tizimini “AlphaFold”ni ishlab chiqishdagi roli bilan tanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring