2030-yilda Toshkent shahridagi kanallar boʻyida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi

00:21 14 Avgust 2023 Jamiyat
708 0

Foto: Xalq soʻzi

Kanallar boʻylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018-yilda boshlangan boʻlib, hozirda poytaxtimizdan oqib oʻtuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda sayr qilish maskanlari barpo qilindi. Bu jarayonda kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, oʻrindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Piyodalar va velosiped yoʻlaklari tashkil qilindi.

Foto: Xalq soʻzi

Bu ishlar davom ettirilib, kanallar boʻyidagi sayilgohlar uzunligi 2024-yilda 50 km, 2025-yilda 60 km, 2026-yilda 75 km, 2027-yilda 90 km, 2028-yilda 110 km, 2029-yilda 130 km va 2030-yilda 150 kmga yetkaziladi.

Toshkent shahar hokimligiga koʻra, sayilgohlarda aholi madaniy hordiq chiqarishi uchun bolalar oʻyingohlari, savdo va boshqa xizmat koʻrsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?