2026-yilga borib Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 8000 MVtni tashkil etadi

13:30 06 Fevral 2022 Iqtisodiyot
1359 0

2026-yilga borib Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 8000 MVtga yetadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Energetika vazirligi maʼlumotida qayd etilishicha, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi.

Ushbu dasturga koʻra, umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan, 2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt boʻlgan 4 ta hamda 2025-2026-yillarda respublika boʻylab umumiy quvvati 2 400 MVt boʻlgan 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Shular bilan birga, umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi. Jumladan, 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt boʻlgan 4 ta, 2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan 5 ta hamda 2025-2026-yillarda respublika boʻylab jami quvvati 1 800 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari faoliyati boshlanadi.

Maʼlum qilinishicha, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi ham rivojlantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер