2026-yil 1-yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5-yilda kamida 1 marotaba tashqi baholashdan oʻtkaziladi
“Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–252-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5-yilda kamida 1 marotaba tashqi baholashdan oʻtkaziladi.
Hisob palatasi faoliyati quyidagi shartlarda tashqi baholashdan oʻtkaziladi:
- organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI) va boshqa xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar metodologiyalari asosida;
- kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan;
- mustaqil baholash jarayonini tashkil etish, faoliyati boʻyicha barcha maʼlumotlarni taqdim etish, natijalarini jamoatchilik uchun eʼlon qilish.
Hisob palatasiga quyidagi auditlarni oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi, jumladan:
- xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari va texnik topshiriqlari asosida ularning mablagʻlari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditi;
- xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring