2025/2026-oʻquv yili uchun oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul ochildi
Illyustrativ foto
5-iyundan boshlab 2025/2026-oʻquv yili uchun oliy va kasbiy taʼlim muassasalari uchun qabul ochildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
Prezident farmoniga asosan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar My.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Ular test sinovida ishtirok etish uchun fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlaydi. Ijodiy yoki kasbiy imtihon talab qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha esa oliygoh, taʼlim tili va hudud belgilanadi. Kirish imtihonlari iyul avgust oylarida oʻtkaziladi va test natijalari imtihondan keyingi kun eʼlon qilinadi.
Testlar toʻliq yakunlangach, abituriyentlar 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, yoʻnalish, taʼlim shakli va tanlov ustuvorligini belgilaydi. Talabalikka tavsiya etilganlik holati qabulning ikkinchi bosqichi tugaganidan soʻng bir hafta ichida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Texnikumga oʻqishga kirishni istagan abituriyentlar esa oliy taʼlimga qabul natijalari chiqqanidan soʻng 10 kun ichida texnikum, kasb va taʼlim shaklini tanlaydi. Natijalar bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.
Maʼlum qilinishicha, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy taʼlim muassasalarida “Qabul-2025” shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring