2025-yil uchun ijara toʻlovlarining minimal stavkalari eʼlon qilindi

Ijaraning eng kam yangi miqdorlari 2025-yil uchun davlat byudjet toʻgʻrisidagi qonun bilan belgilandi.
Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Shu bilan birga, ular koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etiladi. Bundan yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno.
Ijaraga beriladigan mol-mulk turlari va stavkalar
1. Binolar
Turarjoy (ijara stavkasi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun):
Toshkent: 28 000 soʻm (+12%)
Nukus, viloyat markazlari: 13 500 soʻm (+12,5%)
Boshqa aholi punktlari: 5 500 soʻm (+10%)
Noturarjoy (ijara stavkasi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun):
Toshkent: 45 000 soʻm (+12,5%)
Nukus, viloyat markazlari: 26 500 soʻm (+12,7%)
Boshqa aholi punktlari: 11 000 soʻm (+10%)
2. Avtomobil transporti uchun ijara stavkalari
Yengil avtomobillar
(Yoʻlovchilar va bagaj tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositalari):
1 ta avtotransport vositasi uchun: 858 000 soʻm
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 ta avtotransport vositasi uchun: 1 705 000 soʻm
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring