2025-yil tez yordam xizmatiga 14 milliondan ortiq chaqiruv kelib tushgan

14:17 15 Yanvar 2026 Jamiyat
252 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025-yil davomida “Tez yordam” xizmatiga qancha chaqiruv kelib tushgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurovning maʼlum qilinishicha, oʻtgan 2025-yilda “103” xizmatiga kelib tushgan jami chaqiruvlar soni 14 million 299 ming 948 tani tashkil qilgan.

Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning 10 million 218 ming 037 tasi shoshilinch koʻrsatma bilan, shuningdek, surunkali kasalliklar – 3 million 856 ming 901 ta va tugʻruqlar holatlari boʻyicha – 100 ming 453 tadan iborat boʻlgan.

Yil davomida eng koʻp murojaatlar qilgan hududlar quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 1 462 006 ta;
  • Fargʻona viloyati — 1 455 255 ta;
  • Andijon viloyati — 1 344 151 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 1 335 614 ta;
  • Namangan viloyati — 1 328 391 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiruv Navoiy viloyatida kuzatilib, unda 416 210 ta holat roʻyxatga olingan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 456 803 ta, Jizzax viloyatida 561 894 ta va Buxoro viloyatida 678 499 ta hamda Xorazm viloyatida 688 594 ta chaqiruv kuzatilgan.

Maʼlumot uchun, oxirgi 8-yil mobaynida “103” xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1 ming 680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari 1 ming 648 tadan 2 ming 865 taga yetkazildi. Shuningdek, elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi hisobiga brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?