2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
Arxiv foto
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida soliq tizimini soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.
Jumladan, kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmasligi qat’iy kafolatlanadi.
Shuningdek, 2024 yildan boshlab, yangi uy-joy sotib olgan aholiga, qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi qaytarib beriladi. Natijada, uy-joy xarid́i aholiga arzonroq tushadi va qurilishdagi hisob-kitoblar shaffof bo‘ladi.
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotgan fermerlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi qaytariladi;
Ijtimoiy himoyani soliq siyosati orqali ham kuchaytiriladi. Bu borada, yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliqni qaytarib berishni joriy qilingan edi. Endi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholini ishga olgan korxonalarga, xodimining daromad solig‘i ham qaytarib beriladi.
Sohani to‘liq raqamlashtirish orqali, vaqtida soliq to‘layotgan korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddatini bir kun etib belgilanadi.
Bunday korxonalarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi va davlat xaridlarida ustunlik beriladi.
Bundan keyin ham:
- “ochiq muloqot”lar orqali biznes muammolarini hal qilish;
- biznesga noqonuniy aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik va xususiy mulk daxlsizligi siyosatini qat’iy davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring