2022-yilda ishlab chiqarilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi 17,9 trln soʻmni tashkil etdi
Foto: Arxiv surat
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mamlakatimizda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi asosiy generatsiya tizimi hisoblanadi. Yurtimizda jami ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 foizi korxona zimmasiga toʻgʻri keladi.
Ayni kunlarda korxona oʻzining 2022-yildagi faoliyati yuzasidan dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi.
2022-yilda ishlab chiqarilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi 17,9 trln soʻmni tashkil etib, reja koʻrsatkichi 103,8 foizni tashkil qildi. Bunda, oʻtgan yil natijalariga koʻra 55,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi va 5,35 ml. Gkall issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib yagona energotizimga uzatildi.
Tarmoqni moliyaviy sogʻlomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish, boshqaruv tizimini jahonda tan olingan tamoyillar asosida tashkil etish maqsadida «McKinsey&Company», KPMG va Deloitte kabi xalqaro konsalting kompaniyalari jalb qilindi hamda oʻrganishlar natijasida bir qator tashabbuslar va rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi.
Shunga koʻra, isteʼmolchilarga barqaror energiya resurslarini yetkazib berish, elektr va issiqlik energiyasi narxining oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, yoqilgʻi sarfini kamaytirish, operatsion samaradorlikni taʼminlash, yuqori rivojlangan hamda energosamarador texnologiyalarni joriy etish natijasida 2022-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 1,36 trln. soʻmga pasaytirildi. Bunda belgilangan reja 118,3 foizga bajarildi.
Investitsiya dasturiga asosan 6 ta loyiha doirasida 256,3 mln AQSH dollari oʻzlashtirilib, belgilangan yillik reja 111,9 foizni tashkil etdi.
Investitsiya loyihalari doirasida hozirgi vaqtda Toshkent IEMda har birining quvvati 32 MVtga teng boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish va Tolimarjon IESning quvvatini kamida 900 MVtga oshirish boʻyicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish boʻyicha, bugungi kunda AQSHning «General Electric», Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation», «Itochu», Janubiy Koreyaning «Hyundai», Ispaniyaning «Intecsa Ingeniera Industrial S.A.», Italiyaning «AC Boilers S.p.A», Rossiyaning «Силовые машины», «Красный котелщик», «Калужский турбинный завод», «Таганрогский котелостроителный завод», «Ленинградский металлический завод», Turkiyaning “Çalik Enerji» kompaniyalari hamda YETTB, OTB, Yaponiyaning «JICA», Xitoyning davlat taraqqiyot banki bilan samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 2022-yilda Jahonda “Katta uchlik” guruhiga kiruvchi AQSHning «Fitch Ratings» reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning xalqaro indikativ reytingini «BB-» “Barqaror” darajada baholadi va Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga tenglashtirdi. Mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni jahonning investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatiga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan kadrlar siyosatiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. xodimlarni qayta oʻqitish, xorijda malakasini oshirish boʻyicha 2022-yil uchun “Yoʻl xaritasi”ga asosan Germaniya, Italiya, Rossiya va Yaponiya kabi davlatlarda 100 dan ortiq, Navoiy IES qoshidagi kelajak energetikasi taʼlim muassasasida esa 200 ga yaqin xodim malakasi oshirildi. Sohaga malakali kadrlarni jalb etish maqsadida 123 ta yangi boʻsh ish oʻrinlari yaratilib, ularga sohaviy oʻrta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarining yosh bitiruvchi-mutaxassislari jalb etildi.
Taʼmirlash ishlarida zarur boʻladigan uskunalar, detallar va jihozlarni ishlab chiqish, valyutaning chetga chiqib ketishining oldini olish maqsadida sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish yanada kengaytirildi. Natijada 2022-yilda 26,1 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja koʻrsatkichi 119,0 foizga bajarilishiga erishildi. Shu tariqa import hajmi 16,2 mln dollarga qisqardi.
Maʼlumot oʻrnida, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mamlakatimizda yirik soliq toʻlovchi korxonalardan biri hisoblanadi. Jamiyat va uning tasarrufidagi filiallar tomonidan 2022-yilning dastlabki maʼlumotlariga koʻra 2,7 trln soʻmga yaqin soliq toʻlovlari davlat byudjetiga yoʻnaltirildi.
Shuningdek, taʼkidlash lozim “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning filiallari yirik ish beruvchi tarmoq hisoblanadi, bugun tizim korxonalarida qariyb 12 mingga yaqin ishchi-xizmatchilar mehnat qilishmoqda. Ularning 2 ming 65 nafarini xotin-qizlar, 2 ming 175 nafarini yoshlar tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring