17-oktyabrdan Qozogʻistonda pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya joriy etiladi

Illyustrativ foto
Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 1-oktyabrdagi buyrugʻi bilan majburiy tibbiy choralarni qoʻllash qoidalariga tegishli oʻzgartishlar kiritdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.
Ushbu oʻzgarishlarga koʻra, Jinoyat kodeksining 91-moddasi 1-bandi 3 va 5-qismlariga asosan, kimyoviy kastratsiya chorasi 18 yoshdan oshgan va voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan sud qaroriga asosan qoʻllaniladi. Bu chora jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.
Maʼlum qilinishicha, majburiy tibbiy chora jazo oʻtash joyida bajariladi, boshqa turdagi jazo oʻtayotganlar uchun esa bu amal ambulator psixiatriya yordami koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi.
Qoidalarga muvofiq, kimyoviy kastratsiya jazoning tugashidan 6 oy oldin bajariladi. Shu munosabat bilan muassasa maʼmuriyati jazo muddati tugashidan 12 oy oldin sudga materiallar taqdim etishi, shu asosda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim. Ekspertiza shaxsda ruhiy ogʻishlar yoki jinsiy zoʻravonlikka moyillik mavjudligini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, bu qoidalar ruhiy kasalligi bor, ammo jinoiy javobgarlikdan ozod etilmagan shaxslarga tegishli emas.
Qonun 2025-yil 17-oktyabrdan kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring