14-sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonda yana 2300dan ortiq maktab ochiladi
Joriy yilning 7-sentyabr kunidan eʼtiboran ochilgan maktablarni hisoblaganda 14-sentyabr kuni ochiladigan jami maktablar soni 2635 tani tashkil qiladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar berdi.
"Avval xabar berilganidek Respublikadagi qolgan maktablar oktyabr oyiga qadar individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sogʻliqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng qabul qilinadi.
Bunday qaror hududdagi epidemiologik vaziyat, oʻqituvchilarda aniqlangan koronavirus koʻrsatkichi, hududdagi sogʻliqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqib qabul qilinadi.
Bunda har har bir hudud individual tarzda yondashayotganligini ham alohida qayd etish mumkin. Aytaylik, Navoiy viloyatidagi baʼzi maktablarda dastlabki haftalarda asosan boshlangʻich sinf oʻquvchilari anʼanaviy taʼlim shakliga jalb qilinmoqda, boshqa viloyatlarda esa maktabning har bir sinfi turli vaqtda va navbatda oʻqishni tashkil qilmoqda.
Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha hokimliklar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari rasmiy internet tarmoqlarida eʼlon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar.
Eslatib oʻtamiz, maktabi faoliyatini tiklamagan oʻquvchilarning taʼlim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanadi.
Onlayn maktab loyihasi doirasida darslar jadvali kunlik ravishda eʼlon qilib boriladi", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring