1 million yevro sugʻurta pulini olish uchun oʻz qoʻlini atayin kesib tashlagan 22 yoshli qizga sud hukm oʻqidi

14:30 12 Sentyabr 2020 Dunyo
1297 0

Kecha Sloveniyada sugʻurta pulini olish uchun oʻz sogʻligʻiga oʻzi atayin ogʻir shikast yetkazgan 22 yoshli qiz ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi. Bu haqda ABC xabar berdi.

Gap shundaki, 2019-yil boshida Yuliya Adlesich ismli bu qiz shu taqdirga rozi boʻlib, yigiti bilan birgalikda chap qoʻlini bilagidan tepasidan kesib tashlagan. Shundan soʻng uni shifoxonaga olib kelishganda, jarohatni oʻtin arralayotganda olganini aytishgan.

Kesilgan qoʻlni esa birga olib kelishmaydi. Shu yoʻl bilan unga tiklanib boʻlmaydigan nogironlikni yozdirishadi. Ushbu voqeaga qadar esa qiz beshta sugʻurta kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.

Prokuraturaning xabariga koʻra, ushbu “operatsiya”gacha qizning yigiti internetdan sunʼiy qoʻllar qanday ishlashi haqidagi maʼlumotlarni qidirgan. Ular bu xunuk hodisani oldindan rejalashtirishganini tasdiqlash uchun yetarli dalildir, deyishdi qonun himoyachilari.

Sudda esa qiz aybsiz ekanligi, hech qachon ongli ravishda qoʻlidan ayrilmaganini bot-bot takrorladi.

“Hech kim nogiron boʻlishni istamaydi. Hayotim barbod boʻldi. 20 yoshimda qoʻlimdan ayrildim. Bu qanday roʻy berganini faqat men bilaman”, — degan u sudda.

Yakunda esa sud uni baribir sugʻurta bilan bogʻliq firibgarlik qilishga urinishda aybdor deb topdi va ikki yilga ozodlikdan mahrum etdi. Oshigʻi esa uch yilga qamaldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?