Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarga birinchi yordam koʻrsatish asosiy vazifamiz — Mohichehra Rahmonova

17:33 25 Iyul 2023 Jamiyat
312 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida “Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini yuksaltirish” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi.

Unda Paxtakor va Doʻstlik tumanlarining xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

— Hozirgi globallashuv davrida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar jadallik bilan rivojlanib bormoqda, — deydi Doʻstlik tumanidagi “Qahramon” MFY xotin-qizlar faoli Mohichehra Rahmonova. — Hayotga tatbiq qilinayotgan islohotlar va davlat hamda jamiyat boshqaruvini samarali tashkil etish, qaror qabul qilish, psixologik bilimlarni puxta egallash hamda amaliy tajribani hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etish bugungi rahbarning asosiy vazifalaridan biridir.

Shuningdek, seminarda xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini oshirish bilan birga ularga oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish yoʻllari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi. Shuningdek, nizoli va notinch oilalar bilan ishlash, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslarga koʻmaklashish, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarga birinchi yordam koʻrsatish, ajrimlarning oldini olish hamda boshqa mavzular yuzasidan ham maxsus maxsus saboqlar tashkil etildi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?