“Oʻylaymanki, biz bunga erishamiz”. Tramp Ukrainadagi urushni tartibga solish imkoniyatlarini ijobiy baholadi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tartibga solish boʻyicha yaxshi imkoniyatlar mavjudligini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Oʻylaymanki, bunda imkoniyatlarimiz yaxshi. Men sakkizta urushni tartibga solganman, bu esa ular ichida eng murakkabidir. Ammo, oʻylaymanki, biz bunga erishamiz”, — dedi amerikalik yetakchi New York Post nashriga bergan intervyusida.
Qayd etilishicha, respublikachining bu masaladagi kelishuvlarga erishish imkoniyati borasidagi kayfiyati optimistik. Ayniqsa, 28-dekabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuv davomida muayyan natijalarga erishish mumkinligi taʼkidlanmoqda.
AQSH prezidentining fikricha, Moskva ham, Kiyev ham urushni yakunlashdan manfaatdor.
“Oʻylaymanki, ular hozir bunga tayyor. Rossiya ham xuddi shunday istakda, deb oʻylayman. Biroq har safar tomonlardan biri buni amalga oshirish istagini bildirsa, ikkinchi tomon bunga tayyor boʻlmay qoladi”, — dedi Tramp.
Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy oʻrtasidagi muzokaralar 28-dekabr kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring