Zomin tumanida koʻp qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganib borilmoqda

Mahallalar va ijtimoiy soha obyektlarida joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati senatorlar tomonidan oʻrganib borilmoqda.
xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi Nusuratulla Pardayev Jizzax viloyati Zomin tumanidagi koʻp qavatli uylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Hozirgi kunda “Xalqobod” va “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan koʻp qavatli uylar isitish tizimlari tekshirilmoqda, uylar fasad qismiga bazalt qoplamasi oʻrnatilmoqda. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini sozlash ishlari hamda umumiy taʼmirlash jarayonlari yakunlanish arafasida.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida 612 xonadondan iborat 35 ta koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash va obodonlashtirish rejalashtirilgan boʻlib, ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bunda Zomin tumani Kengashi deputatlari bilan birga muntazam ravishda ishlar holati oʻrganilib, bajarilayotgan vazifalarning sifat darajasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring