JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi. Preparat dastlabki saralash jarayonidan oʻtdi. U Daniyada ishlab chiqilgan.
“Maymunchechakka qarshi vaksinaning dastlabki kvalifikatsiyasi Afrikadagi hozirgi avj olish sharoitida ham, kelajakda ham ushbu kasallikka qarshi kurashimizdagi muhim qadamdir”, dedi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.
Maʼlumot uchun, maymunchechak epidemiyasi, avvalroq, JSST tomonidan xalqaro favqulodda holat deb eʼlon qilingan edi. U yaqin aloqa orqali yuqadi va odatda engil alomatlarni keltirib chiqaradi. Ammo baʼzi hollarda oʻlimga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring