JSST: Koronavirus endi yangi alomatlar bilan namoyon boʻlmoqda
Foto: Illustrativ foto
Pandemiya mavzusi keyingi haftalarda yana kun tartibida. Chunki koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etyapti. Oqibatda dunyo boʻylab «omikron»ning BA.4, BA.5, BA.2.12.1 versiyalari keng tarqalmoqda.
Hatto oʻtgan oyda Hindistonda aniqlangan BA.2.75 subvarianti qisqa muddatda oʻnga yaqin davlatlarga kirib bordi. Albatta, bularning barchasi jahonda COVID-19ni yuqtirganlar soni kun sayin oshishiga turtki boʻlyapti.
Ana shunday murakkab epidemiologik vaziyatda dunyo olimlari xastalikni jilovlash uchun yangi tadqiqotlar olib bormoqda.
Maʼlum boʻlishicha, endi isitma yoki hid va taʼm bilish qobiliyatining yoʻqolishi koronavirus infeksiyasiga xos asosiy belgilar emas!
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maxsus vakili Devid Nabarro bu haqda toʻxtalar ekan, ayni paytda tomoq va bosh ogʻrigʻi hamda burun bitishi yangi mutatsiyalarning yetakchi alomatlari sifatida namoyon boʻlayotganini qayd etdi.
“Hozir SOVID-19 juda «aqlli” virusga aylanmoqda, — deydi u. — Shu sababli unda inson immunitetiga “chap berish” xususiyati rivojlanyapti. Bu esa kasallanishlar soni ortishiga xizmat qilyapti».
Shunga qaramay, mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksinalar yangi mutatsiyalarning bemorlarda yengil va asoratsiz oʻtishini taʼminlaydi, degan fikrda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring