Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumani hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlari lavozimidan ozod qilindi
Joriy yilning olti oyida viloyatda 440 million dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Lekin Yangiyo‘l tumani, Bekobod va Chirchiq shaharlarida to‘qimachilik mahsulotlari; Zangiota va Yuqorichirchiqda elektrotexnika mahsulotlari; Olmaliq shahrida qurilish materiallari eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.
So‘nggi uch yilda viloyatda sanoat hajmi 19 foizga o‘sib, 94 trillion so‘mga yetdi. Lekin ushbu davrda sanoat mahsulotlari Bekobod tumanida 3,6 foizga kamaygan bo‘lsa, Parkentda bor yo‘g‘i 2,6 foizga oshgan.
O‘tgan uch yilda Zangiotaning viloyat sanoatidagi ulushi 8,3 foizdan 3,5 foizga, Angren shahrida esa 7,5 foizdan 4,8 foizga kamaygan.
Joriy yilning olti oyida viloyatda xizmatlar hajmi 7,3 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich Qibray va Yangiyo‘l tumanlarida 1 foizga ham yetmaydi.
Joriy yilda qurilishi reja qilingan 114 ta ko‘p qavatli uy-joylardan bugungi kungacha atigi 9 tasi foydalanishga topshirildi.
Shu va boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, ishlarni lozim darajada tashkil qilmagani uchun:
- Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M.Fayziyev, Qibray tumani hokimi M.Mirqosimov va Yangiyo‘l tumani hokimi U.Yalgashev hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilish;
- viloyat hokimining sanoat va investisiyalarga mas’ul o‘rinbosari N.Sharipov, qurilishga mas’ul o‘rinbosari Sh.Mahmudovga hayfsan e’lon qilishga ko‘rsatma berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring