Jomboydagi yelim sexida yongʻin sodir boʻldi
Samarqand viloyati Jomboy tumani Nazar mahallasi hududida joylashgan “CHINLATEKS” MCHJning yelim ishlab chiqarish sexida 16-noyabr kuni soat 12:44 da yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:55 da yetib borib, yongʻin soat 14:50 da qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida sexning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismida yelim mhxsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring