Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
Foto: Madaniy meros agentligi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28-aprelidan 6-mayiga qadar Samarqand arxeologiya instituti xodimlari bilan hamkorlikda Nurota togʻ tizmasining shimoli-gʻarbiy qismida dala tadqiqot-qidiruv ishlari olib borilgan. Tadqiqotlar jarayonida tarixiy ahamiyatga ega qator arxeologik manzillar aniqlanishiga erishilgan.
Xususan, Oʻgat qishlogʻining gʻarbiy qismida soʻnggi paleolit davriga oid ibtidoiy kishilarning yashash makoni qayd etilgan.
“Izlanishlarning dastlabki tahlillari bu hududda ming yillar avval insonlar doimiy yoki mavsumiy istiqomat qilganini koʻrsatmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qoropchi qishlogʻining shimoliy etaklarida esa neolit davriga mansub ikkita yangi makon aniqlangan. Taʼkidlanishicha, topilgan manzillar insoniyatning dehqonchilik va chorvachilikka oʻtish davriga oid muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Yonboshtut qishlogʻi shimolida joylashgan “Beshbuloq” nomli makon ham neolit davriga tegishli boʻlib, bu yerda qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy va madaniy hayotiga doir izlar topilgan.
“Mazkur arxeologik topilmalar Oʻzbekiston hududida eng ibtidoiy odamlarning yashash tarixini oʻrganishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Kelgusida topilmalarning ilmiy tahlillari asosida kataloglar, maqolalar va koʻrgazmalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring