Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
2021-yilning 23-fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani Chamanzor qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi Sh.E.ning turar joyida oʻgʻrilik yuz berdi. Soat 19 dan 21 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida uyda hech kim yoʻqligi, xonadon derazasi ochiqligidan foydalangan oʻgʻri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million soʻm pulni olib ketgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Undan 351 ming soʻm hujjatlashtirib olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati fosh qilindi. Ayon boʻlishicha, u 2001-yilning 1-oktyabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, pichoq bilan qoʻrqitish yoʻli bilan maktab oʻquvchisini zoʻrlagan. Soʻngra birovga aytsa, oʻldirish bilan tahdid qilgan.
Ushbu manfur kimsa jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini oʻz yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan. Mazkur holat boʻyicha ham jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring