Jizzaxda fermer xoʻjaliklari 745,3 mln soʻmlik elektr oʻgʻirlagani aniqlandi
Foto: Prokratura departamenti
Jizzax viloyatida 745,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻllar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring