Jizzaxda bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik qilinadi
Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun olib borgan oqilona siyosati tufayli bugungi kunda davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik oʻz samarasini berib kelmoqda.
Jizzax viloyatida ham bugungi kunda xitoylik tadbirkorlar tomonidan koʻplab ishlab chiqarish korxonalari oʻz faoliyatini olib bormoqda. Xitoylik ishbilarmonlar bilan viloyatimiz tadbirkorlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mazkur davlatdagi ilgʻor texnologiyalarni olib kirish yoʻli bilan aholi turmush sharoitini yaxshilash, viloyatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyati hokimi E.Saliyev boshchiligida bir guruh mutasaddi va tadbirkorlar mazkur davlatda amaliy tashrif bilan boʻlib turishibdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari bir qator kompaniyalarga borib, ularning ishlab chiqarish hajmi va imkoniyatlari bilan tanishdilar. Xususan, Xianghe Qiangsheng Elektric Vehicle Co.Ltd zavodi 250 xil turdagi elektr skuterlar ishlab chiqaradi. Kompaniya maydoni 60 000 metr kvadrat boʻlib, jami 700 nafar xodim ishlaydi. 10-yillik eksport tajribasiga ega ushbu kompaniya hozirgi kunda 30 dan ziyod davlatlarga eksportni amalga oshiradi, (Gollandiya, Hindiston va boshqalar) shu jumladan, Oʻzbekistonga ham. Kompaniya 80% lokalizatsiyalashgan, zavodda ham qoʻl mehnati mavjud, ham robotlar ishlaydi. 1 kunda 1500 dona turli xil skuter ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Shuningdek, jizzaxlik delegatsiya aʼzolari ushbu mamlakatdagi yirik qurilish kompaniyalarining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Jumladan, Jizzax viloyatida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ularning ilgʻor texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida kompaniyalarning qurilish sohasidagi salohiyati, texnologiyasi, zamonaviy imkoniyatlari va ilgʻor ish tajribalari oʻrganildi.

Navbatdagi manzil Hongyuan Dongsheng Stone Co.Ltd kompaniyasining marmar toshlarga qayta ishlov berish Shourumi boʻldi. Bu yerdagi barcha mahsulotlar 100% tabiiy togʻ jinsidan iborat. Ushbu kompaniyaning Braziliya, Turkiya, Ispaniya, Rossiya va Afgʻoniston davlatlarida oʻz karyerlari mavjud ekanligi hech kimni befarq qoldirmadi.
Jizzax viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining Xitoy Xalq Respublikasiga boʻlgan tashrifi samarali davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring