Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri oʻz joniga qasd qilishga urindi
Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon tergov izolyatorida oʻz joniga qasd qilishga urindi, deb yozadi Yonhap agentligi.
U qamoqxonada kiyimlaridan yasalgan arqon yordamida oʻzini osmoqchi boʻlgan. Bu seshanba kuni kechqurun Seuldagi sud sobiq vazirni isyonni tashkillashtirishda ishtirok etganlikda ayblab, rasman hibsga olishidan sal oldin sodir boʻlgan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi. Parlament bu qarorni blokladi, shundan soʻng prezident uni bekor qilishga majbur boʻldi. Soʻngra mudofaa vaziri isteʼfoga chiqdi va tergov boshlandi.
Bu ishda prezidentning oʻzi ham ishtirok etgan va unga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan. Chorshanba kuni politsiya uning qarorgohida reyd oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring