Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha parlament komissiyasini tashkil etish taklif qilindi
Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchayganini qayd etdi. Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda 100 ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar oʻz takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekani kafolatlangandi.
Fuqarolarning tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.
Joylarda aholi farovonligini oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim. Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, mahallalarni obod qilish boʻyicha investitsiya dasturlariga 30 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi.
“Biroq, ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi boʻyicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring