Jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (754-son, 01.12.2025-y.) bilan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash tartibini belgilaydi.
Xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni toʻxtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
- shaxs jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda;
- shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik haqida maʼlumotga ega deb hisoblash mumkin boʻlganda;
- qonunga muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud boʻlganda.
Shuningdek, xodim shaxsga uni toʻxtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotgani sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart.
Fuqarolarning shaxsiga doir maʼlumotlari planshet orqali “E-patrul” tizimiga toʻgʻri kiritilishiga patrul-post xizmati xodimi masʼul hisoblanadi.
Xodim “E-patrul” tizimidagi shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu maʼlumotlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanilmaslik uchun javobgardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring