Jaloliddin Manguberdining jasorati meni hayratda qoldirdi — Emre Kiviljim
Kecha Tashkent City Kongress-xolida shijoati bilan dunyoga tanilgan sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
Tarixiy filmda Jaloliddin Manguberdi obrazini talqin qilayotgan aktyor Emre Kiviljim ham oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:
— Jaloliddin Manguberdining jasorati meni hayratda qoldirdi. Vatani va millat himoyasida oʻzini fido qilgan, tarixda muhim shaxs sifatida nom qozongan buyuk sarkardaning shijoati unga boʻlgan mehrimni uygʻotdi.
Biz ikki tilda soʻzlashadigan bitta millatmiz, serialda suratga tushish chogʻida oʻzbek aktyorlari bilan bir oila boʻlib ishladik. Ularning teatr yoʻnalishidagi mahorati kuchli ekanligini koʻrdik. Biz oʻzaro tajriba almashdik. Har ikkala davlat aktyorlarining mahoratidan oʻrgansa arzigulik jihatlar koʻp.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring