Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi

16:08 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
4185 0

Namangan viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

Bosh prokuror oʻrinbosari etib tayinlangan viloyatning sobiq prokurori Akmalxoʻja Mavlonovning xizmatlari alohida eʼtirof etilib, izzat-ikrom bilan kuzatildi.

Namangan viloyati prokurorligiga yangi tayinlangan Jahongir Hotamov 2016—2017-yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, 2017—2018-yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. U 2018-yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?