Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan qonun koʻrib chiqildi

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning yalpi majlisida “Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qizgʻin muhokama qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasining JSTga aʼzo boʻlishi doirasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish tashkilotga aʼzo boʻlishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.


Ushbu Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish hamda tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish hamda tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishga davlat boji miqdorlarini belgilash bilan bogʻliq qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Muhokama jarayonida senatorlar mazkur Qonun qora va rangli metall parcha va chiqindilari hamda tabiiy gaz savdosi sohasiga xususiy sektorni va yangi innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb etishga, shuningdek, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga xizmat qilishi xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Yunus Boʻriyev (foto), Otabek Saidahmadov
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring