Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Marrakeshda (Marokash) boʻlib oʻtayotgan yillik yigʻilishlari doirasida Jahon banki vakillari bilan bitim imzolandi
Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Marrakeshda (Marokash) boʻlib oʻtayotgan yillik yigʻilishlari doirasida Oʻzbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish toʻgʻrisida bitimni imzoladilar.
Ushbu mablagʻlar “Oʻzbekiston energetika sektorini transformatsiya qilish uchun innovatsion uglerodli moliyalashtirish” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Loyiha toza energiya ishlab chiqarishga va energiya samaradorligini oshirishga koʻmak beradi.
Jahon bankining Uglerod aktivlarini transformatsiya qilish jamgʻarmasi (TCAF) tomonidan moliyalashtirilgan iCRAFT loyihasi bankning energetika sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha birinchi global tashabbusi boʻlib, maʼlum bir sohadagi aniq natijalar uchun toʻlovlar orqali issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirishni ragʻbatlantiradi. Loyiha Oʻzbekistonga iqlim oʻzgarishi sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda va energiya resurslaridan samarali foydalanishda yordam beradi. iCRAFT kelajakda dunyoning turli mintaqalarida amalga oshirilayotgan shunga oʻxshash loyihalar uchun namuna boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston nisbiy energiya sarfi eng yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kiradi. Bu amaliyot natijasida elektr va gaz uchun tariflar past. Shu tariqa, energiya korxonalari tomonidan yetkazib beriladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar tegishli energiya turlarini ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berish xarajatlarini qoplash uchun yetarli emas.
Oʻz navbatida, arzon tariflar energiyani tejash hamda uy xoʻjaliklari va xususiy sektorda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlamaydi. Shuningdek, ular energiya korxonalarining foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini cheklamoqda. Hukumat esa, oʻz navbatida, energiyani ishlab chiqarish xarajatlariga moslashtirish maqsadida energiya tariflarining bosqichma-bosqich koʻtarilishiga olib keladigan islohotlarni boshladi.
iCRAFT loyihasi doirasida taqdim etilgan mablagʻlarning bir qismi kam taʼminlangan oilalarni tariflarning koʻtarilishidan himoya qilish uchun sarflanadi. Jumladan, loyiha “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha davlat dasturini va energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Xususan, loyiha doirasida 2027-yilgacha mamlakatdan uglerod chiqindilarini sotib olish rejalashtirilgan, energiya resurslaridan yanada samarali foydalanish orqali ularning kamayishiga erishish koʻzda tutilgan.
Loyiha, shuningdek, Oʻzbekistonga “uglerod kreditlari” deb yuritiladigan savdo boʻyicha xalqaro pilot bitimi orqali xalqaro uglerod bozorlariga kirishga yordam beradi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatning “yashil” iqtisodiyotga oʻtishini tezlashtiradi.
Jahon banki va TCAF rivojlanayotgan mamlakatlarni issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga moslashish boʻyicha xalqaro majburiyatlarini bajarishda qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻzbekistonda ushbu loyihani amalga oshirishi Jahon bankiga aʼzo boʻlgan boshqa manfaatdor davlatlar uchun namuna boʻlib xizmat qiladi. Kanada, Germaniya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Buyuk Britaniya hukumatlari, shuningdek, “Climate Cent Foundation” (Shveytsariya) jamgʻarmasi TCAF faoliyatiga moliyaviy koʻmak berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring