Zelenskiy isteʼdodli artist — Putin
Rossiya rahbari Vladimir Putin yana bir bor Kupyanskni qoʻlga kiritganini eʼlon qildi.
Putin jonli efirdagi chiqishida Ukraina lideri Vladimir Zelenskiyni “Isteʼdodli artist” deb atadi. U, shuningdek, Rossiya qurolli kuchlari qoʻshinlari butun jangovar aloqa chizigʻi boʻylab oldinga siljiyotgani va Kupyansk Rossiya nazorati ostiga oʻtganini aytdi.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari Zelenskiyning Kupyanskka kiraverishida olingan videosiga izoh bergan. Putinning soʻzlariga koʻra, endi shaharga kirish darvozasi oʻzgargan, u shaharning oʻzidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.
“Zelenskiy isteʼdodli artist. Men buni hech qanday kinoyasiz aytyapman. Agar Kupyansk ularning nazorati ostida boʻlsa, ichkariga kirsin, nima qiladi ostonada turib”, — degan Putin.
Vladimir Zelenskiy Kupyanskga kelganligi haqidagi xabarlar 12-dekabrda paydo boʻldi. Bir necha kun oldin esa Rossiya Mudofaa vazirligiga Ukraina shahrining toʻliq ozod qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring