Zarafshon milliy tabiat bog‘ida bug‘u bolaladi

17:24 22 May 2023 Jamiyat
588 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Xongul yoki Buxoro bug‘usi (Cervus elaphus bactrianus) - juft tuyoqlilar turkumining bug‘ular oilasiga mansub bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlarning kenja turi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil ro‘yxatiga yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur maqomi bilan kiritilgan.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Zarafshon milliy tabiat bog‘ida ular bolaladi. Ayni paytda mazkur 2 nafar bug‘u bolalari maxsus parvarishga olingan.

Umuman olganda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Buxoro bug‘ulari yashash areallari, ularning populyasiyasi monitoringi olib borilmoqda hamda ushbu noyob turdagi jonzotlarni muhofazasini ta’minlash va yanada ko‘paytirish bo‘yicha “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervatida, “Qizilqum” davlat qo‘riqxonasida, “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?