Zamonaviy oromgoh bolajonlar ixtiyoriga topshirildi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyatida yoz mavsumining dastlabki davrasida salkam 20 ming nafar oʻgʻil-qizning oromgohlarda hordiq chiqarishi, salomatligini mustahkamlashi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan maxsus manzilli dastur asosida “Buxoro” sogʻlomlashtirish oromgohining barpo etilib, foydalanishga topshirilgani ham bolajonlar va ular ota-onalarini benihoya xursand qildi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-noyabrdagi tegishli qarori doirasida qad rostlagan mazkur maskan 250 nafar oʻgʻil-qizga moʻljallangan. 4,2 gektar maydonni egallagan goʻshada qoʻsh qavatli yotoqxona, mashgʻulot va tibbiyot xonalari, oshxona, amfiteatr, kutubxona, sport maydonchalarini koʻrish mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, bolajonlarning jismonan chiniqishi, bilimlariga bilim qoʻshilishi, iqtidorini yuzaga chiqarishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerdagi qulayliklarni koʻrib, “Buxoro” shunchaki dam olish maskani emas, balki barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan yirik loyiha ekaniga ishonch qilasan, kishi.

Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda ana shu fikrlar alohida taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring