Yurtimizga, oʻzbek tiliga mehr qoʻygan hindistonlik qiz
Buxorodagi taʼlim muassasalari, xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot institutida hindistonlik koʻplab talabalarni uchratish mumkin. Xan Xuriya ana shularning biri. Bu intiluvchan qiz qisqa muddat ichida oʻzbek tilini chuqur oʻrganib olgani, ona tilimizda biyron gapirishi bilan koʻpchilikning nazariga tushmoqda.
—Shifokor oilasida oʻsib-ulgʻaydim, — deydi u. — Tibbiyot ilmining sultoni sanalgan Abu Ali ibn Sino vatanida oʻqish orzuyim edi. 2020-yilda niyatimga yetdim. Buyuk alloma nomi bilan ataluvchi ushbu oliy oʻquv yurtida tahsil olib, bakalavr diplomiga ega boʻldim. Ayni paytda esa mazkur institutning ordinaturasida akusherlik va ginekologiya yoʻnalishida oʻqimoqdaman. Shu bilan bir qatorda xususiy klinikada amaliyot oʻtayapman. Ustozlarimdan minnatdorman. Oʻzbekistonga, oʻzbek tiliga mehr-muhabbatim boʻlakcha. Shu boisdan ham bu tilni qunt bilan oʻrgandim. Doʻstlarim, ustozlarim, shuningdek, klinikadagi bemorlar bilan oʻzbek tilida gaplashaman. Bu kasbiy mahoratimni oshirishimda ham asqatmoqda.
Hindistonlik talabaning oʻzbek tilida emin-erkin soʻzlashayotganini koʻrib beixtiyor unga tasanno aytging keladi. Axir, bir umr yurtimizda yashab oʻzbek tilini oʻrganishni, mahalliy aholi bilan shu tilda muloqotga kirishishni oʻylab ham koʻrmagan kishilar oz emas.
Xan Xuriyaga kelsak, zehni oʻtkir bu talabaning oʻzbek tilini chuqur oʻrganishga boʻlgan intilishlari zoye ketmayapti. Yaqinda u oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida gʻolib chiqdi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring