Yuridik universitet Turkiyaning Hachettepe universiteti bilan talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi yoʻlga qoʻydi
Foto: “Xalq soʻzi”
Toshkent davlat yuridik universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Islombek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Anqara shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk kunida Hachettepe universiteti masʼullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir doirasida ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatga koʻra, endilikda TDYUU va Hachettepe universiteti oʻrtasida talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, hamkorlikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish, taʼlim sifatini oshirish doirasida oʻzaro tajriba almashish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, uchrashuv doirasida ikki universitet oʻrtasida “Tibbiyot huquqi” mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma magistratura dasturini joriy etish, «Kiber huquq» yoʻnalishini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilish, “Xalqaro savdo huquqi” yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borish masalalari muhokama qilinib, fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir davomida taraflar 2022-yilda hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring